1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada IIB xodimini haqorat qilgan ayolga chora ko‘rildi

U profilaktika inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan.

Farg‘onada IIB xodimini haqorat qilgan ayolga chora ko‘rildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahrida ayol kishining IIO xodimini haqorat qilayotgani aks etgan videoxabar  tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 10 mart kuni Farg‘ona shahar IIO FMB navbatchilik qismiga shaharning Yangi asr ko‘chasida yashovchi S.O (ayol) murojaat qilib, qo‘shnisi D.K (videoxabardagi so‘kinayotgan ayol) uni turli so‘zlar bilan haqorat qilayotganligi sababli yashash xonadoniga IIB xodimi kelishini so‘ragan.

 

Murojaat bo‘yicha profilaktika inspektori Yo.M. aytilgan manzilga borib, D.K.ni tinchlantirmoqchi bo‘lgan. Ayol esa profilaktika inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, uning shaʼni va qadr qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida D.K.ga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborish choralari ko‘rilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика