Bosh prokuratura maʼlum qilishicha, tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxonasida 5 avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘il jinsli chaqaloq «ikki tomonlama zotiljam, homila infeksiyasi, tug‘ma yurak nuqsoni, nafas yetishmovchiligi 2-3 darajasi» tashxisi bilan 7 avgust kuni vafot etgan.
Hozirda Beshariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Respublikamizda sodir bo‘lgan har bir chaqaloqlar o‘limi prokuratura organlarida ro‘yxatga olinib, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, qonuniy qarorlar qabul qilinib kelinmoqda», — deyiladi munosabatda.


