1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Farg‘onada katta janjal bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Farg‘onada katta janjal bo‘ldi

 

Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 13may kuni Farg‘ona shahar A.Jomiy ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. Farg‘ona viloyati IIB 102 qisqa raqamiga murojaat qilgan va unga tanish bo‘lgan F. va U. ismli fuqarolar uni urganligini aytib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

 

O‘rtada nizo kelib chiqishiga fuqaro M.A. o‘zining “Alabay” itini ushbu ko‘p qavatli uyning birinchi qavati orqa tarafiga boylab qo‘ygani sabab bo‘lgan.  Shunda Ozodlik ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro S.S ushbu holatga eʼtiroz bildirgan – fuqaro M.A.ni so‘kib, urib tan jarohati yetkazgan. Bu tergovga qadar tekshiruv  davomida maʼlum bo‘ldi.

 

So‘ng bir nechta qo‘shnilar bir-birlarini xaqoratlab, tan jarohatlari yetkazib, xonadon oynalarini sindirgan. Ushbu ko‘p qavatli uyda yashovchi boshqa fuqarolar M.A. va S.S.ning o‘rtasidagi janjalni to‘xtatishga harakat qilishgan.

 

M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 41 moddalari bilan, fuqaro I.Rga nisbatan  ushbu kodeksning 41-modda va 183-moddalari bilan, fuqaro S.Sga 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi hamda 183-moddasi bilan, fuqaro F.S ga nisbatan esa 183-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirib, 24.05.2022 yil kuni JIB Farg‘ona shahar Sudiga yuborilgan.

 

Mazkur xolat yuzasidan JIB Farg‘ona shahar sudi tomonidan fuqaro M.A murojaatiga asosan hujjatlar o‘rganib chiqish uchun Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика