1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada kreditdan qarzdor BYD xatlandi

Ayni paytda uni auksionga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Farg‘onada kreditdan qarzdor BYD xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining qonuniy kuchga kirgan ijro hujjatiga asosan, qarzdor B.Q.dan undiruvchi bank foydasiga 160 061 309 so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirildi.

 

Ijro jarayonida belgilangan tartibda, qarzdorga tegishli bo‘lgan va kredit shartnomasiga muvofiq garov mulki hisoblangan, davlat ro‘yxatidan o‘tgan, 777 raqamli, BYD song plus Champion rusumli avtotransport vositasi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan xatlandi.

 

Avtomashina hech qanday noqonuniy yo‘l bilan emas, faqat sud qarori va qonun talablari asosida xatlangan bo‘lib, u belgilangan tartibda jarima maydoniga topshirildi. Ayni vaqtda mazkur transport vositasini kelgusida elektron auksion savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика