Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 23.01.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.M.dan undiruvchi “QO‘QON IJARA AVTO” MCHJ foydasiga 218 mln 780 ming so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish, undiruvni esa garov mulki — “Nexia-3” avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati 19.09.2025 yil kuni MIBning Dang‘ara tuman bo‘limiga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tegishli qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.
Biroq qarzdor bir necha bor rasman ogohlantirilganiga qaramay, qarzdorlikni ixtiyoriy tarzda to‘lashdan bosh tortgan. Shu bois davlat ijrochisi majburiy ijro choralarini qo‘llagan va garov mulki hisoblangan “Nexia-3” avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Qonunchilikka muvofiq, avtotransport vositasi auksion savdolariga qo‘yilib, sotilgan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari to‘liq tarzda mavjud qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilgan.


