1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada “Labo”ning gaz balloni portlab ketdi

Unga “propan” o‘rniga “metan” gaz quyib yuborilgan.

Farg‘onada “Labo”ning gaz balloni portlab ketdi

Kecha, 18 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida “Labo” rusumli avtomashina gaz balloni portlab ketdi. Bu haqida viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, soat 12:00 larda 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.X. “Labo” rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirish uchun Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan AGTKSHga kirgan. Avtomashinadagi “propan” gaz turi uchun mo‘ljallangan balonga ehtiyotsizlik oqibatida “metan” gaz quyib yuborilishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz baloni portlab ketgan. Natijada “Labo” avtomashinasi texnik shikastlangan.

 

Hodisada natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика