Farg‘onada kelinidan norozi qaynona nabirasini unga berib yuborishni istamadi. Bu holat Buvayda tumanidagi oilalardan birida yuz bergan.
Ish hujjatiga ko‘ra, fuqaro N.N. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan so‘ng, qaynonasi va turmush o‘rtog‘i 10 yoshli qizini olib ketishiga qarshilik bildirgan hamda o‘zlari bilan olib qolishgan. Shu sababli, ayol bolasini o‘z tarbiyasiga qaytarish uchun otasi va qaynonasi qaramog‘ida qolgan farzandini olib berilishini so‘rab sudga murojaat etgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining ijro hujjatiga ko‘ra, bola onasi N.N. qaramog‘iga olib berilishi belgilandi.
Ijro hujjati yuzasidan Byuroning Buvayda tuman bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib borib, kelinning qaynonasi va turmush o‘rtog‘idan bolasini o‘z tarbiyasiga olib berishdi.


