1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada MIB orqali bank foydasiga 200 mln undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, qarzdor tashkilot bank foydasiga katta miqdordagi qarzni qaytarmay kelgan.

Farg‘onada MIB orqali bank foydasiga 200 mln undirildi

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati So‘x tuman bo‘limi xodimlari navbatdagi ijtimoiy ahamiyatga ega ishni amalga oshirishdi. Ular ish yurituvida bo‘lgan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining 04.05.2024 yilda chiqargan ijro varaqasi asosidagi qarz undirish jarayonini to‘liq ijro etdilar.

 

Sud hujjatiga ko‘ra, qarzdor “SAQ” ishlab chiqarish kooperativi "MILLIY BANK" foydasiga katta miqdordagi qarzni qaytarishi shart etib belgilangan edi.

 

Ijro harakatlari chog‘ida Byuro tomonidan korxona moliyaviy holati o‘rganildi, hisob-kitob hujjatlari tahlil qilindi va amaldagi qonunchilik asosida undiruv choralari qo‘llanildi.

 

Shu saʼy-harakatlar natijasida qarzdor korxonadan 200 000 000 (ikki yuz million) so‘m qarz majburiy ravishda undirib olindi va to‘liq holda undiruvchining bank hisob raqamiga o‘tkazib berilishi taʼminlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика