1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada Nexia 64 yoshli ayolni urib yubordi

Piyoda ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, vafot etgan.

Farg‘onada Nexia 64 yoshli ayolni urib yubordi

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

 

Tergovga oid ish hujjatlarida qayd etilishicha, 1989 yil Qanig‘li qishlog‘ida tug‘ilgan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. 

 

Avtohalokat oqibatida og‘ir tan jarohati olgan jabrlanuvchini haydovchining o‘zi zudlik bilan shifoxonaga olib borgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Uchko‘prik tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика