1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada o‘zboshimchalikda qurib olingan bino buzdirildi

Shu tariqa yer maydoni asl holatiga keltirilgan.

Farg‘onada o‘zboshimchalikda qurib olingan bino buzdirildi

Majburiy ijro byurosi Yozyovon tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2025 yil 8 noyabrdagi ijro hujjatiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Mazkur ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor A.T. tomonidan Yozyovon tumani Qorasoy MFY Navro‘z ko‘chasida joylashgan yo‘l muhofaza hududining 90,0 kv.m yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar barpo etilgani aniqlangan.

 

Sud qaroriga asosan mazkur qurilmalarni qarzdor tomonidan yoki uning hisobidan buzdirish hamda yer maydonini asl holatiga keltirish belgilangan.

 

Qarzdorga ixtiyoriy ijro muddati berilgan bo‘lsa-da, ushbu talablar belgilangan vaqtda bajarilmagan.

 

Shu munosabat bilan davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar buzdirildi va 90,0 kv.m yo‘l hududi to‘liq asl holatiga keltirildi.

 

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlandi. Shuningdek, bo‘lim ish yurituvidagi shu toifadagi ijro hujjatlari bo‘yicha ham qonun talablari asosida tizimli va jadal ijro choralari amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика