1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada soxta IIB xodimi ushlandi

U sudlanayotgan fuqaroni 1,5 ming dollar evaziga ozodlikka chiqarmoqchi bo‘lgan.

Farg‘onada soxta IIB xodimi ushlandi

 

Farg‘ona viloyatida o‘zini IIB va bank xodimi sifatida tanishtirgan firibgar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

 

Qayd etilishicha, Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro N. X. fuqaro M.ga o‘zini Toshkent shahar IIB xodimi deb tanishtirib, sud organlarida ishi ko‘rilayotgan turmush o‘rtog‘i B.ni 1500 AQSH dollari evaziga ozodlikka chiqarib berishni va’da qilib, shundan 1000 AQSH dollarini olib, yana 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Bundan tashqari, N. X. boshqa bir fuqaro N. Q.ga Toshkent shahrida bank filialida ishlashini aytib, imtiyozli shartlar asosida kredit olib berish evaziga uning 4,9 mln so‘mini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика