1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada tadbirkorga “svet”dan 1 mlrd ortiqcha qarzdorlik yozildi

Biznes-ombudsman holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

Farg‘onada tadbirkorga “svet”dan 1 mlrd ortiqcha qarzdorlik yozildi

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor elektr energiyasi uchun to‘lov ikki baravar oshirib yuborilganidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

 

Vakil devoni aralashuvi bilan “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan holat o‘rganildi. Natijada, jamiyatning elektr energiyasi sarfini hisoblashda xatolikka yo‘l qo‘yilgani aniqlangan. Hisob-kitob koeffitsiyenti 2000 bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda 4000 qo‘llanilgan, bu esa to‘lovning oshishiga olib kelgan.

 

Ushbu holat yuzasidan “Farg‘ona HETK” AJ tomonidan qayta hisob-kitob amalga oshirilib, ortiqcha hisoblangan 1,1 mlrd so‘m tadbirkor foydasiga hal etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика