1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada Tahoye Tico bilan to‘qnashdi

Bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘onada Tahoye Tico bilan to‘qnashdi

 

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan videolar tarqaldi.

 

Viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan Y.M Tahoe’ni boshqarib Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy va Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib harakatlanishi oqibatida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1992 yilda tug‘ilgan T.S boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashgan.

 

Oqibatda Tico haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика