1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada uchta mashina YTHga uchradi

Oqibatda tan jarohati olganlar bor.

Farg‘onada uchta mashina YTHga uchradi

 

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

 

Holat Oltiariq tumani hududidan o‘tgan “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 252-kilometrida yuz bergan. Dastlabki maʼlumotga ko‘ra, ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga harakatlanib chiqayotgan Spark avtmobili qayrilib olish uchun yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan asosiy bo‘lakka o‘tayotgan vaqtida uning ortidan harakatlanib kelayotgan Nexia rusumli avtomobil haydovchisi unga yo‘l berish uchun tezlikni pasaytirgan. Shu vaqtda uning ortidan kelayotagn Cobalt avtomobili orqaliq masofani saqlamaganligi sababli dastlab Nexia avtomobilini, so‘ngra Spark avtomobilini ortiga borib urilgan.

 

Shundan so‘ng Spark rusumli transport vositasi ag‘darilgan. Natijada avtomobilda bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchilar yengil tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

 

Hozirda Oltiariq tumani IIB YHXG tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика