Joriy yilning 2-yanvar kuni YPX inspektori safdor T.T. o‘ziga biriktirilgan "Lacetti" rusumli xizmat avtomashinasini Furqat tumani Ayritom qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan J.S. boshqaruvidagi "Nexia-2" rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


