1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Farg‘onada yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyni buzib yubordi

Viloyat FVB voqea tafsilotlari haqida maʼlumot berdi.

Farg‘onada yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyni buzib yubordi

 

Farg‘ona shahrida Howo yuk mashinasi xonadonlardan biriga urilib, uyning devorini buzib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 18 oktyabr kuni soat 06:55 da viloyat FVB Tezkor boshqaruv markazi navbatchi dispetcherlik xizmatiga “Furqat” MFY, Farg‘ona halqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan Howo yuk mashinasi xonadonlardan biriga borib urilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

 

Aniqlanishicha, haydovchi U.Х. yuk mashinasi boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Bahor ko‘chasi 92/921-uyda yashovchi fuqaro O‘.Y.ning yashash uyiga borib urilgan.

 

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘.Yu.ning yashash uyiga zarar yetgan. Tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика