Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar “zamhokim”i o‘z vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan qaragani uchun “xayfsan” oldi.
Aniqlanishicha, Marg‘ilon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Xomidov Oybek Odilovichga markaziy ko‘chalarda tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirmagani uchun “hayfsan” jazo chorasi qo‘llanilgan.
Maʼlumot o‘rnida, u 1982-yil 25-mayda Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan. Oybek Odilovich ushbu lavozimdan oldin Farg‘ona viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


