Unga ko‘ra, 18 aprel kuni soat 12:20 larda Toshloq tumani "Varzak" MFY Dasht hududida joylashgan (jamiyat rahbari K.A.ning) “Farg‘ona neft mahsulotlari” masʼuliyati cheklangan jamiyatning logistika markazi tashkil etish uchun ajratilgan joyda “Koks” ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sex hududida chaqnash sodir bo‘lgan.
Ushbu ishlab chiqarish sexidan foydalanish maqsadida sinov tariqasida ishlatish jarayonida chaqnash sodir bo‘lib, oqibatida 2 nafar korxona ishchisi va 3 nafar qurilishga kelgan fuqarolar turli darajada kuyish tan jarohati olib, davolanish uchun tez tibbiy yordam markaziga yotqizilgan.
Yuqoridagilarga asosan chaqnashga sig‘imni uzoq vaqt davomida qizdirilishi, sig‘im ichida bosimni ortib ketishi va sig‘imga payvand qilingan qopqog‘i bosimni ko‘tara olmay ochilib ketishi oqibatida sig‘im ichida to‘plangan gaz kondensatini alangalanishi natijasida sig‘im atrofida bo‘lgan 5 nafar fuqarolarning tan jarohat olishlariga sabab bo‘lgan, deb taxmin qilindi.
Voqea joyini o‘rganilganda xavfli ishlab chiqarish obyektni loyihalash, qurish, kengaytirish va foydalanish bilan bog‘lik ishlar uchun tegishli loyiha hujjatlari belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilmagan va tegishli xulosalar olinmagan holatda foydalanishga yo‘l kuygan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli xodimlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.


