1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onalik ayolning 6,5 mln so‘mini "uxlatib" ketishdi

Mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro sodir etgani aniqlangan.

Farg‘onalik ayolning 6,5 mln so‘mini "uxlatib" ketishdi

Farg‘onalik ayolning 6,5 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida yashovchi (ayol) R.M. IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 6,5 million so‘m pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan M.E. sodir etganligi aniqlandi.

 

Xabarlarda aytilishicha, M.E. jabrlanuvchi R.M. bilan telegram orqali tanishib, unga o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga foizsiz kredit olib berishini aytib, soxta havola yordamida uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 6,5 million so‘m pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olganligi ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan M.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика