1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onalik haydovchining mashinasidan giyohvandlik moddalari topildi

Uning bir qator sheriklari ham qo'lga olingan.

Farg‘onalik haydovchining mashinasidan giyohvandlik moddalari topildi

 

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqida DXX matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, ma’sullar tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Toshkent-Farg‘ona" yo‘nalishida harakatlanayotgan, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina "Namangan" YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

 

Natijada avtotransport vositasining orqa o‘rindig‘iga yashirib qo‘yilgan 9 kg. 573 gr. "gashish" moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur shaxsning yashash xonadonidan ham 2 kg. 779 gr. "gashish" va 1 kg. 29 gr. "opiy" moddalari hujjatlashtirib olingan.

 

Tezkor tadbir davomida, ushbu fuqaroning Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlarida istiqomat qiluvchi, 1987, 1989 va 2003-yillarda tug‘ilgan sheriklari ham qo‘lga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика