1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farhod va Shirin sudda yutqazdi

Ular mualliflik huquqini buzgani uchun jarima to‘lashadi.

Farhod va Shirin sudda yutqazdi

 


Shoir Bobur Bobomurod shu yilning 28-yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga Farhod va Shirinning mualliflik huquqiga oid qonunni buzayotgani to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan.


Ma’lum qilinishicha, F. Sulaymonov va Sh. Zoitova B. Bobomurodga tegishli “Farhod va Shirin” tovar belgisidan muallif ruxsatisiz foydalanayotgan bo‘lishgan.

 

Bundan tashqari, xonandalar 2021-yilning 16-dekabr kuni “Turkiston” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsertda arizachiga tegishli “Qalbim bahori” va “Hayot” nomli she’rlarni uning roziligisiz qo‘shiq qilib ijro etishgan.

 

 

Sudning 14-fevral kungi qariga binoan, F. Sulaymonov va Sh. Zoitovaga MJTKning 177-moddasi 1-qismi, 177-1-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 350 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика