1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onada "yo‘qolib qolgan" qizcha 5 oydan so‘ng Toshkentdan topildi

Hozirda qizcha onasi bilan birga.

Farg‘onada "yo‘qolib qolgan" qizcha 5 oydan so‘ng Toshkentdan topildi

 

Ota tomonidan yashirib qo‘yilgan qizcha Yashnobod tumanidan topilib, onasiga olib berildi.

 

Majburiy ijro byurosining Bag‘dod tumani bo‘limi ish yurituviga FIB Rishton  tumanlararo sudining 2022 yil 25 avgustdagi qaroriga asosan, qarzdor javobgar (ota) A.M. tarbiyasidan undiruvchi daʼvogar (ona) A.F. tarbiyasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandini olib berish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan, lekin ota farzandini undiruvchi tarbiyasiga bermasdan, yashirib qo‘ygani aniqlanib, bolani qidirib topish uchun davlat ijrochisi tomonidan 2022 yil 9 dekabrda qidiruv eʼlon qilingan. 

 

2023 yil 18 aprel kuni qidiruv shoʻbasi inspektorlari tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani IIB hamda Byuroning Toshkent shahar qidiruv shoʻbasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida 2019 yilda tug‘ilgan qizcha Yashnobod tumanidan aniqlanib, topilgan va onasi A.F.ga olib berilib, ijro ishi tamomlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика