1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farrux Zokirov "Tatariston Respublikasi xalq artisti" bo'ldi

Faxriy unvonni Tatariston raisi Rustam Minnixonov topshirdi.

Farrux Zokirov "Tatariston Respublikasi xalq artisti" bo'ldi

 

Tatariston raisi Rustam Minnixonov “Yalla” guruhining badiiy rahbari, o‘zbek estrada xonandasi Farrux Zokirovga Tatariston Respublikasi xalq artisti faxriy unvonining ko‘krak nishonini topshirdi.

 

Uchrashuv Tatariston Respublikasi hukumat uyida bo‘lib o‘tgan. Rustam Minnixonov Osiyo va Sharq mamlakatlari bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekani va Tatariston bu jarayonni osonlashtirishga harakat qilayotganini aytib o‘tgan. Shuningdek, u Farrux Zokirovga musiqa san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi, milliy madaniyatlar festivaliga e’tibori uchun minnatdorlik bildirgan. 

 

Ma’lumot uchun, “Yalla” jamoa Tataristonga “Rossiya-Sharq” (“Qozondagi Sharq bozori”) xalqaro milliy madaniyat festivalida ishtirok etish uchun kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика