Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 375 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Andijon viloyati Baliqchi tumanida ham ayol o‘z farzandini maktabga yubormasdan uy yumushlarini qildirgani uchun hudud profilaktika inspektori tomonidan jarimaga tortilgan. Farzandi taʼlimiga befarq ona maʼmuriy jarimani ham o‘z vaqtida to‘lamagan.
Byuro xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishdan so‘ng, ayol farzandini maktabga yubormaganligi uchun qo‘llanilgan 375 000 so‘m jarimani to‘ladi.


