1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda styuardessaga shilqimlik qilgan yo‘lovchi qamaldi

Holat “Toshkent-Sochi” reysida yuz bergan.

Toshkentda styuardessaga shilqimlik qilgan yo‘lovchi qamaldi

Maʼlum qilinishicha, NY 686-sonli “Sochi-Toshkent” yo‘nalishi bilan uchib kelgan havo kemasida tekshiruv olib borilgan. 

 

Tekshiruv davomida Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro E.J. havo kemasi bortida bo‘lgan vaqtida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Oqibatda u mast holda “Uzbekistan Airways” AJ bort-kuzatuvchisi bo‘lgan, 2002 yilda tug‘ilgan S.A. ga nisbatan shilqimlik va tegajog‘lik qilganligi aniqlangan. 

 

Holat yuzasidan Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB inspektorlari tomonidan MJtKning 187 moddasi 1-qismi va 411- modda 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

 

Bugun, 7 yanvar kuni JIB Toshkent shahar Sergeli sudiga hujjatlar taqdim qilinib, xuquqbuzar E.J.ga nisbatan 5 sutka maʼmury qamoq jazosi tayinlangan.  

 

Shuningdek, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi uchun BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика