1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

FIFA klublarga rekord miqdorda mablag‘ to‘laydi

O‘zbekiston klublari ham futbolchilarining JCh-2026dagi ishtiroki uchun kompensatsiya oladi.

FIFA klublarga rekord miqdorda mablag‘ to‘laydi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) futbolchilari Jahon chempionati-2026 musobaqasida ishtirok etadigan klublarga rekord darajadagi — 355 million dollar kompensatsiya to‘lashini e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar berdi.

 

Mazkur mablag‘ FIFAning “Club Benefits Programme” dasturi doirasida taqsimlanadi. Endi klublar nafaqat mundialning final bosqichi, balki saralash o‘yinlariga futbolchilarini yuborgani uchun ham moliyaviy imtiyozga ega bo‘ladi. Bu esa avvalgi yillarga nisbatan katta yangilik bo‘ldi.

 

Ma'lumot uchun, 2022-yilda Qatarda o‘tgan JChdan keyin 440 klubga 209 million dollar berilgan edi. 2018-yilda Rossiyada o‘tkazilgan turnirda 416 klub o‘z futbolchilari uchun to‘lov olgan, 2014-yilda Braziliyadagi mundialdan keyin bu summa 70 million dollar, dastlabki bor joriy etilgan 2010-yilda Janubiy Afrikada esa atigi 40 million dollarni tashkil qilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor qatnashadigan JCh-2026 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi, final bahsi esa Nyu-Jersidagi “MetLife Stadium” arenasida o‘tkaziladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика