1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Filippinda 6 balli zilzila yuz berdi

Bu haqda Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti maʼlum qildi.

Filippinda 6 balli zilzila yuz berdi

 

Payshanba kuni ertalab Filippinda 6,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti maʼlum qildi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.

 

Zilzila mahalliy vaqt bilan 02:10 da qayd etilgan bo‘lib, epitsentri Batuan shahridan taxminan 11 kilometr janubi-g‘arbda, Masbate provinsiyasi, Luson orolida, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

 

Yerosti silkinishlari Luson va markaziy Filippinda, jumladan, Albay provinsiyasidagi Legaspi shahri, Sorsogon, Shimoliy Samar, G‘arbiy Negros va Janubiy Leyteda ham sezilgan.

 

Jabrlanganlar haqida maʼlumot yo‘q.

 

AQSH Geologiya xizmati zilzila magnitudasi 6,1, chuqurligi esa 20 km. deb baholadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика