Filippinda suv toshqinlari 52 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Xavflardan ogohlantirish va tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy kengashining maʼlumotlariga ko‘ra, jami 640 ming odam toshqinlardan aziyat chekmoqda. U 10 ta mintaqani qamrab olgan.
170 evakuatsiya markazida 67.2 ming ko‘chishga majbur bo‘lgan fuqarolar joylashtirilgan. 1.42 ming inson o‘z uyini avvaldan tark etgan.
Toshqin turar joy binolariga 1.78 million dollarlik zarar yetkazgan. 103 ta infratuzilma obyektiga 4.68 million dollarlik, qishloq xo‘jaligiga 4.37 million dollarlik zarar yetgan.
67 shahar va 71 munitsipalitetda o‘quv jarayonlari to‘xtatilgan. 22 aholi yashash punktida tabiiy ofat rejimi joriy etilgan.


