Finlandiya Bosh vaziri Sanna Marin bazmdagi ishtiroki uchun barchadan kechirim so‘radi.
Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ziyofatdan olingan fotosuratlar va videolar haqida so‘ralganda, u kadrlar Bosh vazirning Kesarantada (Xelsinkida joylashgan) rasmiy qarorgohida suratga olinganini tan olgan. U suratga olishganini bilgan, ammo ularni tarqalib ketishini kutmagan
“Buning uchun uzr so‘rayman. Men bu suratga ruxsat bermasligim kerak edi”, dedi u matbuot anjumanida.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu uning ta’til paytida uyushtirgan shaxsiy ziyofati va bo‘sh vaqtlarida davlat xavfsizligiga hech qanday tahdid solmasdan do‘stlari bilan yig‘ilgan.


