1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Finlandiya Ukrainani harbiy texnika bilan ta’minlamoqchi

Buning uchun 70 mln yevro ajaratilgan.

Finlandiya Ukrainani harbiy texnika bilan ta’minlamoqchi

 

Finlyandiya hukumati Ukrainaga 70 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ajratish va qo‘shimcha harbiy texnika bilan ta’minlashga qaror qildi. Bu haqda Finlyandiya bosh vaziri ma’lum qildi. 

 

Uning qayd etishicha, mamlakat Finlyandiyada ukrainalik qochqinlarga yordam berish uchun 700 million yevro sarflaydi.


“Bundan tashqari, biz hozirgi ehtiyojlarni qoplash va rekonstruksiyaga yordam berish uchun qo‘shimcha hissa tayyorlayapmiz. Parlament ma’qullashi kerak bo‘lgan hissa taxminan 70 million yevroni tashkil qiladi”, — deydi Sanna Marin.


Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam yuborishga qaror qilgan edi. Keyin mamlakat harbiy departamenti yordam mazmuni, yetkazib berish usullari va vaqti haqida tafsilotlarni oshkor qilmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика