1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Finlandiyalik mutaxassis Qashqadaryo hokimiga maslahatchi bo‘ldi

Unga viloyatdagi maktablarda Finlyandiya tajribasini ommalashtirish vazifasi yuklatilgan.

Finlandiyalik mutaxassis Qashqadaryo hokimiga maslahatchi bo‘ldi

 

Bugun, 3-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov o‘zining finlandiyalik maslahatchisini qabul qilib, uning viloyatda xalq ta’limi tizimini rivojlantirish masalalari bo‘iycha taqdimoti bilan tanishdi.

 

Mazkur mutaxassis Finlandiyaning Amaliy fanlar bo‘yicha Savoniya universiteti professori Petri Lunaskopri bo‘lib, u 20 dan ortiq davlatlarda K12 Oliy ta’lim bo‘limining o‘qitish xizmatlarida trener sifatida tajribaga ega.

 

Petri Lunaskopri Finlandiyadan tashqari Nederlandiya, Angliya, Portugaliya va Vengriya davlatlarida ham samarali faoliyat yuritgan. 

 

“Tez orada fin mutaxassisi salohiyati bilan umumta’lim tizimidagi o‘qituvchilarni ko‘pchilik qismini qamrab olish va o‘ziga xos muloqot maydonini yaratish maqsadida telegram bot ham ishga tushiriladi”, - deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика