Finlyandiya rasmiylari AQSH bilan mudofaa bo‘yicha yangi shartnoma tuzmoqchi, bu esa amerikalik harbiylarga mamlakatda uzoq muddat qolish imkonini beradi.
Hozirda yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bitim tuzilsa, Finlyandiya o‘z hududida odatdagi harbiy mashg‘ulotlardan ko‘ra uzoqroq muddatga xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishiga ruxsat beradi.
Agar kelishuvga erishilsa, amerikalik harbiylar Finlyandiyadagi maʼlum obyektlardan mashg‘ulotlar, qurollarni saqlash, jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish va hokazolar uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“AQSH qo‘shinlari ixtiyorida, ehtimol, kamida bitta aeroport va port, shuningdek, mashg‘ulot zonasi bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.


