Finlyandiyaning 76-hukumati rahbari, mamlakat muvaqqat bosh vaziri Sanna Marin turmush o‘rtog‘i Markus Raykkenen bilan ajrashganini maʼlum qildi.
“Biz birga ajrashish uchun ariza berdik. Men 19 yillik munosabatlar va sevikli qizimiz uchun undan minnatdorman", — deya siyosatchining so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.
Marinning turmush o‘rtog‘i Raikkenen bilan avvalgidek eng yaxshi do‘st va mehribon ota-onalar bo‘lib qolishini aytdi.
Ular rasman 2020-yil avgust oyida turmush qurishgan va to‘ylarini Kesaranta hukumati rahbari qarorgohida nishonlashgan. Er-xotin 18 yoshida tanishgan.
Eslatib o‘tamiz, Marin boshchiligidagi hukumat 10 aprelda, yangi parlament saylanganidan so‘ng isteʼfoga chiqdi va yangi parlament tasdiqlangunga qadar muvaqqat vazirlar mahkamasi vazifasini bajaradi.
Sanna Marin "Finansial Times" nashri tomonidan eʼlon qilingan 2022-yilning eng nufuzli ayollari ro‘yxatidan joy olgan.