1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Finlyandiya Estoniyadagi ukrainaliklarning bir qismini qabul qiladi

2023-yildan mamlakatga haftasiga 50-100 nafar ukrainaliklar keladi.

Finlyandiya Estoniyadagi ukrainaliklarning bir qismini qabul qiladi

 

Finlyandiya 2023-yildan Estoniyadan ukrainalik qochqinlarni joylashtirish, shuningdek, ularni taʼlim va sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklar fonida qabul qila boshlaydi.

 

Mamlakat 2023-yil yanvar oyidan boshlab haftasiga 50-100 nafar ukrainalikni Estoniyadan qabul qilishga rozi bo‘lgan.

 

Mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv ukrainaliklarni parom va avtobuslar orqali o‘tkazishni birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadi.

 

Finlyandiyada 40 mingga yaqin ukrainalik qochqinlar kelishi kutilmoqda.

 

Estoniya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yil fevral oyi oxiridan buyon mamlakatga 118 mingdan ortiq ukrainalik qochqinlar kirib kelgan, ulardan 64 mingdan ortig‘i mamlakatda qolgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика