1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Finlyandiya NATO sari yana bir qadam tashladi

Endi hammasi Turkiya va Vengriyaga bog‘liq.

Finlyandiya NATO sari yana bir qadam tashladi

 

Finlyandiya Prezidenti Sauli Niiniste mamlakatning NATOga kirishi haqidagi qonunlarni imzoladi.

 

Taʼkidlanishicha, prezident saroyida bo‘lib o‘tgan marosim Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi uchun zarur bo‘lgan barcha ichki tadbirlarning yakunlanishi edi.

 

Finlyandiya NATOning barcha amaldagi aʼzolari uni maʼqullamaguncha alyansning to‘liq aʼzosi bo‘la olmaydi. Turkiya parlamenti ushbu shartnomani shu hafta ratifikatsiya qilishi mumkin. Va Vengriya parlamenti kelasi dushanba kuni Finlyandiyaning NATOga aʼzoligini tasdiqlashi mumkin.

 

O‘tgan hafta Turkiya Finlyandiya va Shvetsiya bilan NATO muzokaralarini qayta boshlagani xabar qilingandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика