Finlyandiya va Shvetsiya kelasi hafta boshida NATOga a’zo bo‘lish uchun birgalikda ariza topshiradi. Ikkala davlat ham o‘z arizalari bir kunda topshirilishini ta’minlash ustida ishlamoqda.
Payshanba kuni bosh vazir Sana Marin va prezident Sauli Niinisto NATOga a’zolik borasida o‘z fikrlarini bildirishi kutilmoqda. Shanba kuni NATO bo‘yicha pozitsiyani Marin boshchiligidagi Sotsial-demokratik partiya taqdim etadi.
Shvetsiyada alyansga qo‘shilish qarorini sotsial-demokratlar boshchiligidagi hukumat qabul qiladi. Shunday qilib, amalda qaror Shvetsiya sotsial-demokratik partiyasi tomonidan qabul qilinadi va u 15-may kuni NATOga kirishni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qiladi.


