1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Dunyo / 
  4. Finlyandiya tezkor ravishda NATOga kirishi mumkin — Stoltenberg

17:56 / 03.04.2022

1.2k

Finlyandiya tezkor ravishda NATOga kirishi mumkin — Stoltenberg

Finlyandiya tezkor ravishda NATOga kirishi mumkin — Stoltenberg

Avvalroq Finlyandiya bosh vaziri mamlakatning alyansga qo‘shilish masalasini hal etish vaqti kelganini aytgandi.

 

NATO bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra,  Finlyandiya alyans a’zosi bo‘lishni istasa, uni tezda qabul qilishadi. Bu haqda Yens Stoltenberg CNN telekanaliga bergan intervyusida aytgan. 

 

“Qaror Finlyandiyada qolgan. Ularning o‘z kelajagini o‘zi belgilash huquqi bor. Buni Rossiya kutmayapti. Chunki ular finlar NATO a’zosi bo‘lgan taqdirda og‘ir oqibatlardan ogohlantirgan”, — degan Stoltenberg.

 

Shu bilan birga, u agar Shvesiya va Finlyandiya alyans a’zosi bo‘lishni istasa, bu masalaning tezda ijobiy hal bo‘lishi imkoniyati topiladi. 

 

O‘tgan xaftada Finlyandiya prezidenti Sauli Niiniste Stoltenberg bilan Shimoliy Atlantika blokiga yangi davlatlar qo‘shilishi masalasini muhokama qilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u Xelsinki xavfsizligini kuchaytirish zarurligini aytgan.

 

Bundan tashqari, mamlakat bosh vaziri Sanna Marin Rossiya finlar kutgan qo‘shni emasligini va yozgacha NATOga kirish kirmaslikni hal etish lozimligini ta’kidlagan.

 

Shvesiya va Finlyandiya neytral davlatlar bo‘lib, butun sovuq urush davomida NATOga a’zo bo‘lmagan. 

 

Avvalroq Germaniyaning havo hujumiga qarshi mudofaasi kuchaytirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика