1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Finnair" ish tashlashlar tufayli 300 ga yaqin reysini bekor qiladi

Aviakompaniyaning maʼlum qilishicha, bekor qilingan reyslardagi yo‘lovchilarga muqobil yo‘l taklif qilinadi.

"Finnair" ish tashlashlar tufayli 300 ga yaqin reysini bekor qiladi

Ish tashlashlar sababli Finlyandiya aviakompaniyasining 9 va 13 dekabr kunlariga belgilangan reyslari bekor qilinadi.

 

Finnair maʼlumotlariga ko‘ra, uchuvchilar ish tashlashidan 33 mingga yaqin yo‘lovchi zarar ko‘radi. Zarar ko‘rgan yo‘nalishlar qatoriga Xelsinkidan Myunxen, Gamburg, Frankfurt, Berlin, Vena, Syurix va Jenevaga reyslar kiradi.

 

Aviakompaniya o‘z bayonotida, bekor qilingan reyslardagi yo‘lovchilarga muqobil yo‘l taklif qilinishini bildirdi. Ammo jabrlangan yo‘lovchilarning ko‘pligi tufayli har doim ham ularning sayohat rejasiga yaqin variant bo‘lmaydi. Bunday holda, yo‘lovchilar chipta pulini qaytarishni talab qilishlari mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика