1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Firdavs Abduxoliqov yangi lavozimga tayinlandi

Kinematografiya agentligi direktori endi Xalqaro ijodiy uyushmaga ham rahbarlik qiladi.

Firdavs Abduxoliqov yangi lavozimga tayinlandi

 

Joriy yilning mart oyi oxirida Tojikistonning Dushanbe shahrida MDH mamlakatlari va Gruziya kinostudiyalari rahbarlari kengashining kinematografiya sohasidagi hamkorlik bo‘yicha IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

 

Unda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning, jumladan, birgalikda kino mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi ijobiy tajribaning shakllanganligi qayd etilgan.


“Tojikfilm” kinostudiyasi bosh direktori Mahmadsaid Shohiyoning aytishicha, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar hali hech qachon bunchalik jadal tus olmagan. 


“Qisqa vaqt ichida biz bir qator tashkiliy uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdik. Hozirda ssenariy mualliflarining birlashgan jamoasi filmlar ustida ishlamoqda”, — degan u.


Yig‘ilishda, shuningdek, Bosh qarorgohi Toshkentda joylashgan MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalarining Xalqaro ijodiy uyushmasi tashkil etilgan. Tashkilot raisi etib bir ovozdan O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov saylangan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика