Ijtimoiy tarmoqda fizika fanidan ayrim test topshiriqlari Turkiyadan shundayligicha koʻchirib olingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan DTM rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, fizika fanidan keltirilgan test topshiriqlari turk tilidagi test topshiriqlaridan yoki boshqa manbalardan koʻchirib olinmagan. Balki xorijiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan test topshiriqlari oʻrganilib, ulardan gʻoya olingan holda yangi test topshiriqlari shakllantirilgan.
“Bu testologiya qoidalariga va mualliflik huquqiga zid emas”, — deyiladi izohda.
Taʼkidlanishicha, DTM ekspertlari tomonidan tuzilgan test topshiriqlari xorijiy manbalardagi savollar bilan bir xil emas va ular Oʻzbekistondagi davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlari asosida tuzilgan.


