Uzoq tanaffusdan so‘ng Qozog‘istonning «FlyArystan» loukoster aviakompaniyasi yana Olma-ota va Samarqandni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi.
18 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:34 da bortida 171 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Anʼanaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Olma-ota — Samarqand — Olma-Ota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
FlyArystan Qozog‘istonning arzon aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Olma-otada joylashgan. Kompaniya Qozog‘istondagi eng yirik “Air Astana” aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.


