1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati aniq tasdiqlandi

Huquqbuzarliklar sodir bo‘lgan kundan boshlab 1 oy ichida jazolar qo‘llanadi.

Foto va video orqali qayd etiladigan huquqbuzarliklar ro‘yxati aniq tasdiqlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, endilikda avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan maʼmuriy huquqbuzarliklarning aniq ro‘yxati belgilandi. Ushbu yangilik haydovchilar va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun xavfsizlikni oshirish va huquqbuzarliklarni tezkor nazorat qilishga qaratilgan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali quyidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi:

  • Xavfsizlik kamari qoidasiga rioya qilmaslik;
  • Transport vositasini boshqarish vaqtida telefon orqali foydalanish;
  • Belgilangan tezlikni soatiga 20 km dan oshirmaslik qoidasini buzish;
  • To‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish va boshqa shunga o‘xshash holatlar.

 

Jazo qo‘llash muddatlari ham aniq belgilangan bo‘lib, yo‘l qoidalari buzilganda foto va video vositalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazolar huquqbuzarlik sodir bo‘lgan kundan boshlab 1 oy ichida qo‘llaniladi.

 

Qarorga nisbatan shikoyat berilganda esa, huquqbuzarlik sodir bo‘lgan kundan boshlab 1 yil ichida tegishli choralar qo‘llanilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика