1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Fotograf Mario Testinoning Italiyadagi ko‘rgazmasida O‘zbekistonda olingan suratlar namoyish etilmoqda

25-may kuni Rimdagi Bonapart saroyida moda olamining eng dovrug‘li fotosuratchilaridan biri Mario Testinoning “Go‘zal dunyo” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Fotograf Mario Testinoning Italiyadagi ko‘rgazmasida O‘zbekistonda olingan suratlar namoyish etilmoqda

So‘nggi yetti yilni Testino moda olamidan tashqarida yangi mavzularni izlab topishga bag‘ishladi. O‘z ishining mohir ustasi mintaqa xususiyatlarini o‘rgangan holda mamlakatlarning madaniy qadriyat tizimlaridan ilhomlanib, yangi ko‘rgazma asosini tashkil etgan betakror fotosuratlarni to‘pladi.

 

гўзал дунё, маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси, марио тестино

 

Ko‘rgazmada Mario Testinoning O‘zbekiston bo‘ylab amalga oshirgan ekspeditsiyalari mobaynida tasvirga tushirgan asarlari namoyish etilmoqda. Ular orasida Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Buxoro kelinlari hamda kurashchi polvonning suratlari o‘rin olgan. Shuningdek, taqdimotga O‘zbekistonda olingan Axaltaka tulporlarining multimedia fotosuratlari ham qo‘yilgan. Loyiha O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi madadi bilan tayyorlangan.

 

Ko‘rgazma 25 avgustga qadar davom etadi.

 

гўзал дунё, маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси, марио тестино

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика