“Jilmaying, selfiga tushamiz”. Mazkur iborani eshitgan kishi borki, yuziga tabassum yuguradi. Yoshlar orasida urfga aylangan selfimaniyaga dunyo siyosatchilari ham qiziqadi. Aslida, siyosatchilar ham oddiy insonlar. Ular ham ko‘pchilik qatori selfiga tushishni yoqtirishadi hamda tez-tez (kutilgan va kutilmaganda) suratga tushib turishadi. Zamon.uz dunyo siyosatchilarining qiziqarli selfilarini jamladi.




AQSH tarixidagi eng keksa prezident Jozef Bayden zamonaviy yoshlardan aslo qolishmaydi. U selfiga tushishni sevuvchi siyosatchilar orasida yetakchilardan.



Selfiga tushish borasida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp amaldagi prezident Baydendan aslo qolishmaydi. Tramp birga rasmga tushishni istagan ayollarni aslo xafa qilmaydi.



Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ham selfiga ko‘p tushadi. Ayniqsa, uning yoshlar bilan tushgan suratlari keng tarqalgan.



Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ham selfiga ko‘p tushadigan siyosatchilar qatorida.



Fransiya prezidenti Emmanuel Makron har doim pozitiv kayfiyatda selfiga tushadi.



Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov va Putin tez-tez birga suratga tushib turadi. Shuningdek, Qodirovning boshqa siyosatchilar bilan tushgan selfilari ham mashhur.



Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqlarni o‘zining selfilari bilan boyitib turadi.


Sport bilan shug‘ullanishni xush ko‘ruvchi Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson davralarda tez-tez selfiga tushib turadi.



Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham selfichi siyosatchilardan. U ko‘pincha borgan joyida o‘zini suratga olishni yoqtiradi. Shuningdek, siyosiy davralarda ham suhbatdoshi bilan selfi tushib turadi.



Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel atrofidagilar u bilan rasmga tushishni istasa hech qachon inkor qilmaydi.
Bahriniso Madumarova


