1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Fox News" telekanali boshlovchisi Zelenskiy sababli ishdan bo‘shatildi

Telekanalning xabar berishicha, qaror boshlovchi va rahbariyatning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilingan.

"Fox News" telekanali boshlovchisi Zelenskiy sababli ishdan bo‘shatildi

 

Taker Karlsonga hozir Rossiya kanallaridan ko‘plab takliflar bo‘lmoqda.

 

"Fox News" telekanali sobiq boshlovchisi Taker Karlson Ukraina va Vlodimir Zelenskiyga nisbatan pozitsiyasi tufayli ishdan bo‘shatildi.

 

Ishonchli manbadan Taker Karlsonning ishdan bo‘shatilishiga uning Ukraina va Zelenskiy haqidagi xabarlari sabab bo‘lganini tasdiqlayman", — deb yozdi amerikalik jurnalist Jekson Hinkl.

 

"Fox News" 24 aprel kuni Karlson kanalni tark etayotgani haqida xabar bergan edi. Telekanalning xabar berishicha, qaror boshlovchi va rahbariyatning o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilingan. Karlsonning keyingi rejalari haqida xabar berilmagan. Rossiyaning “Soloviyev.Live” loyihasi jamoasi unga Rossiyada ishlashni taklif qildi. RT kanali ham Twitter orqali Karlson bilan bog‘landi.

 

“Axios” portalining xabar berishicha, AQSHning bir qator respublikachi qonunchilari Karlsonning "Fox News" telekanalidan ketishini olqishlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика