1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya BMTda KXDRning muhim daromad manbasi haqida gapirdi

Shuningdek, Parij Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini yangilash zarurligini taʼkidlagan.

Fransiya BMTda KXDRning muhim daromad manbasi haqida gapirdi

 

Fransiya BMTda KXDRning muhim sohasiga sanksiya joriy etishni taklif qildi. Bu taklif Parijning tashkilotdagi doimiy vakili Nikolya de Rivyer tomonidan berilgan. 

 

Rivyerning so'zlariga ko'ra, Shimoliy Koreya xakerlari davlatga millionlab yevro daromad olib kelmoqda.

 

“KXDR qurollanish dasturini topish uchun moliyalashtirish vositalarini topishda davom etmoqda. Shuning uchun biz sanksiyalar rejimini yangilashimiz kerak. Unga yangi sohalar, jumladan, kibermakon ham kiritilishi kerak. Xakerlar Pxenyanga axborot va millionlab yevro topishga imkon beradi”, – degan u.

 

Avvalroq Shimoliy Koreya qitʼalararo ballistik raketa sinovini o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика