Fransiya Davlat kengashi o‘quv yili boshida hukumat tomonidan joriy qilingan maktablarda abaya kiyishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi.
Oliy maʼmuriy sud aʼzolari bu taqiq hech qanday asosiy erkinliklarni (shaxsiy hayot daxlsizligi, taʼlim olish huquqi, diniy eʼtiqod erkinligi va h.k.) buzmaydi, deb hisobladilar.
Bu taqiq qonunning biron bir maʼlum matniga asoslanmagan, bu oxir-oqibatda taʼlim vazirligi tomonidan o‘quv yili arafasida qilingan sof siyosiy deklaratsiyadir. Bundan tashqari, sud diniy emas, balki anʼanaviy kiyim deb hisoblangan “abaya” nimani anglatishini aniq belgilab bermagan.
Assotsiatsiya advokati qarorga rozi emas.
So‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, fransuzlarning 81 foizi maktablarda abaya taqiqlanishini yoqlaydi.
Aniq ko‘rsatmalarga muhtoj bo‘lgan maktab direktorlari ushbu taqiqni Fransiya Respublikasida taʼlimning dunyoviy tabiati, uning muxoliflari esa Fransiya taʼlim tizimining jiddiy muammolarini ko‘tarish va “islomofobiya”ni qo‘zg‘atishga mo‘ljallangan belgi sifatida qabul qilishdi.
Juma kuni Klermon-Ferran politsiyasi abayani yechishdan bosh tortgan va maktabga kiritilmagan qizning otasini hibsga olgani maʼlum bo‘ldi. Erkak qizi yana maktabdan chetlashtirilgach, direktorga qo‘ng‘iroq qilib, unga jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilganlikda gumon qilinmoqda.


