1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya Eronni ogohlantirdi

Makron Raisiyni Rossiyaga dronlar yetkazib berishni “zudlik bilan to‘xtatish”ga chaqirgan.

Fransiya Eronni ogohlantirdi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiyga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiyaga uchuvchisiz samolyotlar yuborish oqibatlaridan ogohlantirdi. Xususan, u Eronni Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaga dronlar yetkazib berishni “zudlik bilan to‘xtatish”ga chaqirgan.

 

Suhbat chog‘ida shuningdek, Fransiya rahbari Eron yadro dasturining rivojlanishidan xavotirini bildirdi.

 

Moskva va Tehron Rossiya Federatsiyasiga Eron dronlari yetkazib berilgani haqidagi maʼlumotlarni hamon inkor etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni Eron Rossiya bilan munosabatlarni kengaytirish uchun “hech kimdan ruxsat so‘ramasliklarini” maʼlum qilgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика