1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya sobiq prezidentining uyi tintuv qilindi

Tergov harakatlari Liviya hukumati tomonidan 2007 yilda Nikolya Sarkozining saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish ehtimoli bo‘yicha tergov doirasida o‘tkazildi.

Fransiya sobiq prezidentining uyi tintuv qilindi

 

Politsiya Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining uyida tintuv o‘tkazdi. Tergov harakatlari Liviya hukumati tomonidan 2007 yilda uning saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirish ehtimoli bo‘yicha tergov doirasida o‘tkazildi.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, tergovchilar sobiq davlat rahbarini so‘roq ham qilgan. Yangi tekshiruvlar o‘tkazilishiga asosiy guvohning ushbu ish bo‘yicha ilgari berilgan ko‘rsatmalarini rad etishi sabab bo‘ldi.

 

Franko-livanlik tadbirkor Ziyod Takiddin 2016 yilda 2006 yil oxiri yoki 2007 yil boshida u Liviya rasmiylaridan o‘sha paytda Sarkozi boshqargan Fransiya Ichki ishlar vazirligiga “pul solingan chamadonlar”ni o‘tkazishda vositachi bo‘lganini aytdi. Maʼlum qilinishicha, pul uning kampaniyasini moliyalashtirish uchun ishlatilgan. Keyinroq Takiddin kutilmaganda gapidan qaytdi.

 

“Dpa” agentligi Fransiya sud tizimi guvohga bosim o‘tkazish faktini tekshirayotganini qayd etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика