1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiyada basseynlar tekin bo‘ldi

Bu qaror anomal issiqlik tufayli qabul qilindi.

Fransiyada basseynlar tekin bo‘ldi

 

Fransiyaning Marsel shahridagi barcha basseynlar tashrif buyuruvchilar uchun bepul bo‘ladi. Bunday qaror shahar hokimiyati tomonidan anomal issiqlik fonida qabul qilingan.

 

Meteorologlarning fikricha, Fransiya g‘ayritabiiy issiqlik bilan to‘qnash kelgan – yakshanba kuni ayrim hududlarda havo harorati Selsiy bo‘yicha +40 darajadan oshishi mumkin. Respublika hududining yarmida ob-havo xavfliligining “to‘q sariq” darajasi eʼlon qilindi, qurg‘oqchilik va yer osti suvlarining kamayishi xavfi tufayli 101 ta departamentdan 78 tasida suvdan foydalanishga cheklovlar joriy etildi.

 

Avvalroq Istanbulda ham jazirama hukm surayotgani xabar qilingandi. O‘tgan kuni Turkiya poytaxtida yangi harorat rekordi qayd etildi +49,5 daraja, qurg‘oqchilik tufayli suv havzalarini to‘ldirish darajasi uchdan birga kamaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика